Yangiliklar

Image

Andijonda TIQQM hamkorligida navbatdagi seminar oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazida intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.


Unda Adliya vazirligining Intellektual mulk markazi xodimlari Sunnatillo Rahmonov hamda Ikromjon Abduqodirovlar tomonidan ip.adliya.uz tizimi orqali intellektual mulk obyektlarida talabnomalarni shakllantirish tartibi, patent olish uchun talabnoma topshirish”, “Talabnomalarni ekspertiza jarayonlaridan oʻtkazish”, “Sanoat namunasini huquqiy muhofazasi, talabnomalarni topshirish va ekspertizasini olib borish” mavzularida maʼruzalari eshitildi.  Shuningdek, “Ixtiro va foydali model. Talabnomani tayyorlash, ish yuritish”, “Xalqaro patent klassifikatori” mavzularida seminar tashkil etildi, “Patent bazalaridan foydalanish” hamda “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida maʼlumotlar berildi.


Qayd etish lozim, seminar oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad professor-oʻqituvchilarning intellektual mulk sohasida malakasini oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish, shuningdek, intellektual mulk obyektlari boʻyicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni toʻgʻri tuzish, topshirish, ular boʻyicha ish yuritish masalalari bilan bogʻliq fikr va tajriba almashishdan iborat. 


Seminar davomida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Qidirish