Yangiliklar

Image

“Rektor va yoshlar” uchrashuvlari davom etmoqda

Ayni paytda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida beshta intellektual muhandislik tizimlari, axborot tizimlari va texnologiyalari, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika hamda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda. Yangi oʻquv yilida mavjud yoʻnalishlar boʻyicha jami 194 nafar yigit-qizlar talabalikka qabul qilindi. Shundan 55 nafari davlat granti asosida.

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyevning bugungi “Rektor va yoshlar” uchrashuvi ayni ushbu fakultetning birinchi bosqich talabalari bilan oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida rektor muassasadagi taʼlim va tarbiyaga oid oʻzgarishlar haqida gapirib, yoshlardan talab qilinadigan narsa bu shijoat, bilim va harakat ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, institutda yoshlar bilan muloqot qilish doimiy anʼana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga oshirishga doimo tayyorligini bildirib, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Institutda ular uchun barcha sharoitlar yaratilgani, ustozlar va xodimlar doimo ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlib, bilmaganlarini oʻrgatib kelayotganini aytib oʻtishdi.

Ochiq-oshkora samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida talaba-yoshlarning taklif va mulohazalari, ularning taʼlim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflari eshitildi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.

Qidirish