Yangiliklar

Image

Erasmus+ dasturi koordinatorlari institutimizda

Kecha Yevropaning Erasmus+ dasturining Oʻzbekistondagi Milliy ofisi koordinatori Aziza Abdurahmonova ma loyiha menejeri Bonu Abdusalomova hamda Taʼlim, audiovizual va madaniyat masalalari boʻyicha ijro agentligi loyihasi rahbari Mariya Sol Dominges Parrado xonimlar Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Ular Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlari binosida “Andijon polkasi” sadolari ostida kutib olindi.

Shundan soʻng institut rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Unda institut rektori Umid Turdialiyev soʻzga chiqib, institut faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, Erasmus+ dasturi doirasida muassasada amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida erishilayotgan yutuqlar haqida qisqacha maʼlumot berdi. 

Parrado xonim tashrifdan maqsad institutda dastur doirasida amalga oshirilgan loyihalar faoliyatini monitoringini olib borish, ishtirok etish strategiyasini muhokama qilish, har bir loyihaning holatini tekshirishdan iborat ekanligini bildirdi. Shuningdek, ikki kun davomida delegatsiya loyiha koordinatorlarining hisobotlari eshitilishini taʼkidladi.

Uchrashuvdan soʻng mehmonlar Transport logistikasi kafedrasida tugallangan “Intellektual transport tizimlari: Oʻzbekistonda AKTga asoslangan yangi magistratura oʻquv dasturlari (INTRAS)”, Markaziy Osiyoda yangi texnologiyalar orqali oliy taʼlimni modernizatsiya qilish (HiEdTec) loyihalari boʻyicha hisobotlarni eshitdilar.

Ittifoqining ittifoqqa aʼzo mamlakatlar universitetlari oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturi hisoblanadi.

Qidirish