Yangiliklar

Image

Men giyohvandlikka qarshiman!

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Men giyohvandlikka qarshiman!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muhtaramxon Xoliqova soʻzga chiqib bugungi kunda global muammoga aylangan xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tugʻdiruvchi giyohvandlik balosi haqida soʻzlab, oʻz hayotiga oʻzi zomin boʻlgan insonlar haqida misollar bilan tushunchalar berdi. 

Davra suhbatida soʻzga chiqqan viloyat narkologiya dispanseri yetakchi mutaxassisi Sh. Toʻraqulov va muassasa shifokori X.Nazirovalar giyohvandlikning zararli illatlari, uning oqibatida kelib chiqadigan turli jinoyat va huquqbuzarliklar, jamiyat rivojiga va inson salomatligiga yetkaziladigan zararlar, farzandlarning nogiron va nuqsonlar bilan tugʻilishi bilan bogʻliq oqibatlari haqida toʻxtalishdi.

Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili, kapitan F.Sharofuddinov, institut profilaktika inspektori I.Qahhorov,lar esa Jinoyat Kodeksining bir qator moddalarida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar va ular uchun javobgarlik belgilanganligi haqida maʼlumot berishib, ogohlikka chaqirishdi.

Shuningdek, uchrashuvda mutaxassislar ushbu xatar nafaqat insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga raxna solayotgani sir emasligi, unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashish lozimligi taʼkidlandi. 

Qidirish