Yangiliklar

Image

TALABALAR BILAN SAMIMIY MULOQOT

Avval xabar berganimizdek, Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev 1-bosqich talabalari bilan uchrashmoqda. Navbatdagi uchrashuv Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalari bilan oʻtkazildi.

Samimiy muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv avvalida rektor yoshlarni hayotlaridagi yangi bosqich – talabalik atalmish davrga qadam qoʻyganlari bilan yana bir bor tabriklab, olib borilayotgan islohotlarning samarasi oʻlaroq, oliy taʼlim tizimida ham juda ulkan yangilanishlar, taʼlim oluvchilar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilganini, oʻz navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, oʻqib, oʻrganib, kelajakda Yangi Oʻzbekiston rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshishlari lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, institutda yoshlar bilan muloqot qilish doimiy anʼana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga oshirishga doimo tayyorligini bildirib, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Institutda ular uchun barcha sharoitlar yaratilgani, ustozlar va xodimlar doimo ularga xushmuomalalik bilan munosabatda boʻlib, bilmaganlarini oʻrgatib kelayotganini aytib oʻtishdi. 

Oʻz navbatida, talaba-yoshlar ham institut haqidagi ilk taassurotlari haqida toʻxtalar ekan, avvalo, yaratilgan sharoitlardan mamnunliklarini aytishib, buning uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Shu qatorda oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga rektorning oʻzidan javob oldilar.

Qidirish