Yangiliklar

Image

"Talabalar ligasi" sport musobaqalariga start berildi

Oliy taʼlim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng joriy etish, ularda ommaviy sport turlariga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.


Shu maqsadda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sport assotsiatsiyasi, sport federatsiyalarining qoʻshma qaroriga muvofiq 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda OTM talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazish belgilangan.

Bugun Transport va logistika hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlarida ushbu sport musobaqalarining fakultetlar bosqichlariga start berildi.

Musobaqalar avvalida oʻtkazilgan ochilish marosimida institut yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori A.Ermatov hamda “Sport klub” raisi oʻrinbosari A.Hayitovlar soʻzga chiqib, musobaqalarning oʻtkazilish tartibi haqida gapirdilar va talabalarni faollikka chaqirdilar. Shundan soʻng, mini futbol va stol tennisi musobaqalari boshlandi.


Qayd etish lozim, ushbu ommaviy sport musobaqalari talabalar oʻrtasida nafaqat sogʻlom turmush tarzini tatbiq etish, balki ularni bir jamoa boʻlib, harakat qilishga undovchi vositaga aylanishi shubhasiz.

Qidirish