Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida "Zakovat" kechasi o'tkaziladi

Andijon mashinasozlik instituti hamda "Zakovat" NNT Andijon viloyati klubi hamkorligida 20-sentyabr kuni soat 14:00da Transport va logistika fakulteti faollar zalida talabalar o‘rtasida "Zakovat kechasi" o'tkazilishi rejalashtirilgan. 
Uchrashuv mehmonlari "Zakovat" NNT magistrlari va professional liganing faol bilimdonlari.
Uchrashuv davomida ularning erishgan yutuqlari, yurtimizda so'nggi yillarda zakovat intellektual o'yinlariga berilayotgan e'tibor va olib borilayotgan islohotlar, qolaversa zakovat haqidagi o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin. 
Uchrashuv so'nggida fakultet jamoalari o'rtasida zakovat musobaqasi o'tkaziladi. Jamoalarga qo'shilmoqchi bo'lganlar fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin. 
Keling, ko'ring, fakultet jamoangizni qo'llab quvvatlang!

Qidirish