Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.
Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.
Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida darslardan so‘ng “Moziyga sayohat” dasturi doirasida turli madaniy meros ob`yektlari, muzeylarga sayohatlar uyushtirilmoqda.
Kuni kecha Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti bir guruh talabalari Viloyat adabiyot va san’at muzeyi hamda O‘lkashunoslik davlat muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Muzeyda Fargʻona vodiysidagi xalq tarixi, madaniyati, vodiyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xoʻjaligi yutuqlari, viloyat mehnat va iqtisodiy aloqalarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar, muhim tarixiy hujjat va ashyoviy dalillar, tasviriy sanʼat asarlarini ko‘zdan kechirdilar.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻