Joriy yilning 8-10-sentyabr kunlari Toshkent shahrida KARATE WSF bo'yicha Jahon chempionati o‘tkazildi. Unda Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Maxamatjonov Temur-Malik Avazbek o'g'li ham ishtirok etdi.
🏆Temur-Malik 18-yoshdan katta bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida jamoa katta bahslarida 2-o‘rin hamda yakka Kumate bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Talabamizni sovrindor bo‘lgani butun institut jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!