Yangiliklar

Image

IKKI NAFAR G‘OLIB MOSKVAGA BORADI

Joriy yilning 5-6-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Stixomarafon xalqaro aksiyasi doirasida notiqlik koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi. Rossiya xalqlar doʻstligi universitetining rus tili instituti tomonidan tashkil etilayotgan mazkur tanlovga Andijon mashinasozlik institutidan ishtirokchi sifatida ikki nafar talaba taklif qilingan.

Shu munosabat bilan institutning Oʻzbek tili va adabiyoti  kafedrasi tomonidan rus tilini biluvchi talabalar ishtirokida saralash bosqichi oʻtkazildi. Undan 20 nafardan ortiq yigit-qizlar qatnashdi.

Tanlov davomida ishtirokchilarning nutqidagi soʻzlarning bir-biriga mantiqiy bogʻlashi, rus tilida fikrni yetkazib berish mahorati, notiqning tashqi koʻrinishi va eng asosiysi, til normalariga amal qilishiga eʼtibor qaratildi.

Qidirish