Yangiliklar

Image

Rektor birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev Transport va logistika fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Rektor uchrashuv avvalida talabalikka munosib koʻrilganlar barcha yoshlarni muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ilm yoʻlidagi dastlabki qadamlarida omadlar tiladi. Shundan soʻng institut tarixi va bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar haqida qisqacha maʼlumot berdi.Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda rektor yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlar, oʻquv jarayonlarini tashkil etish, talabalarni turar joy bilan taʼminlash, moddiy-texnik bazani yangilash va yaxshilash masalalariga ham toʻxtaldi.


Rektor talabalarni institut hayotida faol ishtirok etish va oliy oʻquv yurtining yetakchi yoshlari qatoridan oʻrin olishga chaqirdi.
Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Qidirish