Andijon mashinasozlik instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda rektor maslahatchisi M.Xalikova, dekan maslahatchilari, profilaktika inspektori I.Qaxxorov, institut shifokori X.Nazirova, tyutorlar hamda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda talabalar Instituti kengashining 2023-yil 29-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Odob-axloq kodeksi” haqida maʼlumot berildi. Kodeks xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish, ularning zamonaviy imijini shakllantirish, tashqi koʻrinish va xulq-atvorga boʻlgan talablarga oid yagona yondashuvdan iborat ekanligi qayd etildi.
Shundan soʻng, kun tartibida TTJda istiqomat qiluvchi talaba-qizlar kengashi tarkibini tuzish masalasi koʻrib chiqilib, 9 kishidan iborat Kengash tuzilib, tasdiqlandi. Kengash raisi raisi etib “Avtomobilsozlik” fakulteti 3-bosqich talabasi D.Tursunpoʻlatova saylandi.
Shuningdek, yigʻilishda institut “Qizlarjon” klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida klub raisi vazifasiga “Avtomobilsozlik” fakulteti talabasi R.Onorboyeva hamda 25 nafarda iborat qizlar klub aʼzoligiga saylandi.
Yigʻilishda soʻzga chiqqan profilaktika inspektori I.Qaxxorov, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosai G.Yusupova, Xotin-qizlar masalasi boʻyicha dekan maslahatchisi G.Sotvoldiyeva hamda shifokor X.Nazirovalar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.