6-sentyabr kuni futbol boʻyicha Andijon viloyat birinchiligi Ikkinchi liga musobaqalarining 5-tur oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu turda Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasoz” jamoasi Andijon davlat tibbiyot institutining “Tibbiyot” jamoasiga qarshi top surdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuv yakunida “Mashinasoz” 6:2 hisobida gʻalabaga erishdi va “A” guruhi peshqadamiga aylandi.
Institut jamoasini ushbu gʻalaba bilan muborakbod etib, kelgusi tur oʻyinlarida ham omad tilab qolamiz.