Yangiliklar

Image

“Olima ayol - jamiyat koʻrki” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida “XXI-asr ayoli” tadbirlari doirasida “Olima ayol-jamiyat koʻrki” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Institut Xotin qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi hamda institut Olima ayollar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ayol professor-oʻqituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.


Tadbirni xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova ochib, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashning ahamiyati xususida gapirdi. Shuningdek, institutda ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini yuksaltirish, iqtisodiy imkoniyatini oshirish, taʼlim yoʻnalishlarida qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot berdi.


Davra suhbati mobaynida Gumanitar kafedrasi mudiri I.Sirojiddinova, Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti G.Bozorova, Mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri N.Qobulova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti X.Joʻrabekovalarning maʼruzalari eshitildi.
Maʼruzalarda ayol-qizlarni fan sohasiga kengroq jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ular faoliyatini rivojlantirish, gender tengligini taʼminlash boʻyicha takliflar hamda fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi.


Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator imkoniyat va imtiyozlar belgilab berilganligi alohida qayd etildi.
Tadbir soʻnggida yaqinda tayinlangan Iqtisodiyot hamda Avtomobilsozlik fakultetlari dekanlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari tanishtirildi.

Qidirish