Joriy yilning 3-sentyabr kuni “Mustaqillikning 32 yilligi”ga bagʻishlangan respublikamizning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur oʻziga xos aksiyada Andijon viloyatidagi 7 ta oliy taʼlim muassasasining 10 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashdi.
Andijon shahrining Oʻzbekiston koʻchasida oʻtkazilayotgan tadbirda Andijon viloyati hokimligi vakillari, sport sohasidagi bir qator masʼullar hamda institut Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ham ishtirok etdi.