Yangiliklar

Image

“Amerika ovozi” jurnalisti institutimizda

“Amerika ovozi”  xalqaro teleradio tizimi oʻzbek xizmati jurnalisti Navbahor Imomova Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Andijon mashinasozlik instituti mehmoni boʻlib, avtomobilsozlik hamda iqtisodiyot fakultetlarida talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida institut rektori Umid Turdialiyev soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida institutda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, natijada talabalar muassasaning oʻzida ham nazariy, ham amaliy koʻnikmalarga ega boʻlayotganini bildirdi. Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning xorijdagi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirib, stajirovka oʻtayotganligi, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida talabalar Xitoy, Belarusi-ya, Turkiya va boshqa bir qator mamlakatlarda tahsil olayotganligi haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv soʻnggida mehmon yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berib, taʼlim jarayonlarini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Qidirish