Yangiliklar

Image

Institut rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi oʻtkazilmoqda. Konferensiya Germaniyaning Saksoniya Fanlar akademiyasi hamda Gongkong fan va texnologiya universiteti huzuridagi Buyuk Yevroosiyo tadqiqot markazi bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan anjumanda 

25 nafar xorijning nufuzli universitetlari olimlari bilan birgalikda yurtimizdagi bir qator oliy taʼlim muassasalari rektorlari, tadqiqotchi olimlar va professorlar hamda ilm-fanga qiziquvchan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Konferensiyada Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham qatnashmoqda. 

Bugun rektor anjuman doirasida Saksoniya Fanlar akademiyasi prezidenti Xans Vismet bilan uchrashib ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilib, kelishuvga erishildi.

Qidirish