Yangiliklar

Image

Yangi o‘quv yili o‘zgacha shukuhda boshlandi

Andijon mashinasozlik institutida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida yangi 2023-2024 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng institut rektori Umid Turdialiyev so‘zga chiqib, barcha talabalar va ularning ota-onalarini Mustaqillikning 31 yilligi va yangi o‘quv yili boshlangani bilan tabrikladi. Joriy yilgi test sinovlaridan o‘tib, institut ostonasini ilk bor hatlab o‘tgan birinchi bosqich talabalarini muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, o‘qish jarayonlarida omadlar tiladi. 

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan mehmonlar hamda talabalarning ota-onalari mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili tabriklab, talabalarga kelgusida o‘z bilimi bilan Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishiga ishonch bildirishdi.


Tadbirda davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi bayrami munosabati bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan, uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institut rektorining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Bundan tashqari o‘tgan o‘quv yilida o‘zining a`lo xulqi, institut hayotidagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan bir guruh talabalarning ota-onalariga institut rektorining Tashakkurnomasi topshirildi.  


Bayram tadbiri najot bilimda ekanligiga urg‘u berilgan she’riy chiqishlar bilan yakunlandi. 
Shundan so‘ng talabalar Mustaqillik darslarida ishtirok etishlari uchun auditoriyalarga kuzatib qo‘yildi.

Qidirish