Yangiliklar

Image

Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a`zolari institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Ma’lumki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo‘lib, unda oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolar a’zo hisoblanadi.


Kengash Nizomiga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan ta’lim va ilmiy tashkilotlar o‘quvchilari, talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ular o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish hamda ta’lim muassasalarining o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rganish kabi bir qator vazifalar belgilangan. 


Kengash tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, kengash a’zolari tomonidan ishchi guruhi tuzilib  joriy yilning 25 avgustidan 5 sentyabriga qadar ta’lim muassasalarning 202Z/2024-o‘quv yiliga o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va talabalar turar joylarining tayyorligi holatini o‘rganish rejalashtirilgan. 


28 avgust kuni ishchi guruh a’zolari Andijon mashinasozlik institutida bo‘lishib,  muassasaning auditoriya fondi va holati, talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv-taqdimot va multimediya vositalari bilan jihozlanganligi, mavjud o‘quv-laboratoriya xonalari holati, talabalarni turar joylar bilan ta’minlanishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qidirish