Yangiliklar

Image

Rektor xonadonbay yurib "Marifat" yoshlari dardiga quloq tutmoqda

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev Andijon shahridagi "Ma’rifat" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan xonadonbay tizimida uchrashdi.


Prezidentimizning yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida rektor boshchiligida ishchi guruh a’zolari tomonidan mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlar va ularning ota-onalari bilan alohida suhbatlashib, ularning ijtimoiy holati, muammolari va qiziqishlari o‘rganilmoqda. Bunda har bir yosh bilan individual ishlanib, hayotda o‘z o‘rni topishga ko‘maklashilmoqda. 


Rektorga biriktirilgan yoshlar orasida Omatullo Abdullayev ham bor. Omatullo avvalgi uchrashuvda avtomobil tuzatish sohasiga qiziqishini, bundan bir oz bo‘lsada xabari borligini bildirib,  kompressor, kalitlar to‘plami va boshka zarur uskunalar bo‘lsa ishni yo‘lga qo‘yib olishi mumkinligin aytgan edi. Uning iltimosi bajarilib, kuni kecha unga zarur asbob-anjomlar sovg‘a qilindi.

Qidirish