Yangiliklar

Image

Institut rektori xitoylik hamkorlar bilan hamkorlik masalalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muhokama o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti xalqaro ofisi direktor o‘rinbosari Xu Mei boshchiligidagi tadqiqot guruhi a’zolari institutimizda bo‘lib turibdi. Guruh a’zolari bir hafta davomida Xitoyning Milliy asosiy Ar-ge dasturi doirasida amalga oshirilayotgan "Katta ma’lumotlarga asoslangan qayta tiklanadigan energiya bilan aqlli (AI) tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo‘llash" loyihasining oraliq bosqichida belgilangan dastlabki nazariy tadqiqot ishlari yakunlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazishmoqda.

Bugun, 15 avgust kuni  Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev delegasiya a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy loyihalarini tayyorlash va boshqa masalalar bo‘yicha erishilgan natijalar, yutuq va kamchiliklarni muhokama qildilar. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan istiqbolli rejalar tuzildi.

Shuningdek, kelajakda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro reytinglarda tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ishlab chiqarish sohasiga oid ko‘plab xalqaro grand loyihalar ustida ish olib borish kabi istiqbolli fikrlar ilgari surildi.


Uchrashuvdan so‘ng hamkorlar Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar kafedrasi hamda fizika laboratoriyasida yaratilgan sharoitlar, loyiha doirasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qidirish