Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti yagona elektron tizimi ishlab chiqildi

Andijon mashinasozlik instituti talabalarini turar joylarga joylashtirish boʻyicha Yagona elektron tizim (erp.andmiedu.uz) ishlab chiqildi. Tizim orqali talaba uchun onlayn tarzda ariza berish, yashash xonasini oldindan bilish va pul toʻlovini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Platformada ijara xonadon va hostellarga joylashish uchun takliflar berilgan. 
Platforma yordamida talabalar turar joyida istiqomat qilish uchun arizalar yuborish, joy olish, shartnoma hamda to‘lov grafigini kuzatib borish, to‘lovni online tarzda amalga oshirish, shaffoflik va ortiqcha sarsongarchiliksiz, tez va qulay amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari platforma vazirlikning HEMIS va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, ariza beruvchi haqidagi axborotlar avtomatik tarzda shakllanadi, ariza va ularga berilgan javoblar monitoring qilib boriladi. Ariza tasdiqlansa yoki bekor qilinmasa ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga sms xabarnoma yuboriladi.
Platforma orqali arizalarni qabul qilishni 20-avgustdan boshlash ko‘zda tutilgan.
Tizimdan foydalanish bo‘yicha quyidagi havola orqali to‘liq ma`lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Batafsil:

Qidirish