Yangiliklar

Image

Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti vakillari institutimizda

Andijon mashinasozlik instituti hamda Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti o‘rtasida 2018-yilda hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, ikki tomonlama o‘zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.


Shu kunga qadar memorandum doirasida bir qator loyihalar amalga oshirilib, sezilarli natijalarga erishilmoqda. Jumladan, OTMlarning qo‘shma tadqiqot guruhi tomonidan Xitoyning Milliy asosiy Ar-ge dasturi doirasida amalga oshirilayotgan "Katta ma’lumotlarga asoslangan qayta tiklanadigan energiya bilan aqlli (AI) tarmoq tizimini tadqiq qilish va qo‘llash" loyihasi e’tiborga molik hisoblanadi.


Kuni kecha ushbu loyiha doirasida SHXTU xalqaro ofisining direktor o‘rinbosari Xu Mei boshchiligidagi delegasiya vakillari O‘zbekistonga kelishdi.
Dastlab xorijlik hamkorlar isntitut o‘quv ishlar bo'yicha prorektor Suhrob Aliyev bilan uchrashib, memorandum hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yutuq va kamchiliklarni muhokama qilishdi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan istiqbolli rejalar tuzildi.


Uchrashuvdan so‘ng hamkorlar Avtomobilsozlik fakultetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, loyiha doirasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.


Tadqiqot guruhi 20-avgustga qadar Andijonda bo‘lib, Milliy asosiy R&D dasturi xalqaro hamkorlik loyihasi seminarlarini o‘tkazishadi.

Qidirish