Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mamlakatimizda energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.
Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida Andijon mashinasozlik institutida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qaror ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilda 4 ta 100 kVt/s lik hamda 1 ta 60 kVt/s lik quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shu kunlarda institut talabalari tomonidan 1-son talabalar turar joyi binosida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
Qayd etish lozim, 2022-yilda o‘rnatilgan panellar orqali institut ehtiyojining 34%i quyosh energiyasi hisobiga qoplangan bo‘lsa, 2023-yilda yangi o‘rnatilayotgan panellar tufayli 75% ga yetkaziladi. Bu esa dasturi bo‘yicha institutda soatiga 660 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi degani.