Yangiliklar

Image

Andijon shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi tuzildi

Andijon mashinasozlik institutida Andijon shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi taqdimoti o‘tkazildi. 
Unda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsiziligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi  xizmati boshlig‘i O.Saidov, institut rektori U. Turdialiyev hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismonov, Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i M.Razzaqov, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i A. Nosirovlar ishtirok etdi.


Taqdimotda shaharda "Damas" rusumli yo‘lovchi avtomobillar ko‘pligi va natijada tirbandlik ortayotgani, yo‘l tarmoqlaridan foydalanish samaradorligining pastligi, jamoat transporti (avtobus va mikroavtobus) yetarli darajada emasligi, piyodalar va velotransport tarmog‘ining takomillashtirilmaganligi hamda transport tarmog‘ining yagona boshqaruv tizimi mavjud emasligi kabi muammolar o‘rtaga tashlandi.


Keltirib o‘tilgan muammolar bilan birga qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy demografik, jamoat transporti ma’lumotlari elektron bazalarini shakllantirish, joriy holat bo‘yicha transport tizimi modelini ishlab chiqish hamda tizimli muammolarni aniqlash, transport tizimini prognoz modeli hamda tizimni istiqbolli rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bir qancha takliflar aytib o‘tildi.


Shuningdek, Bosh rejaning tasdiqlanib amalga oshishi yo‘l tarmog‘i infratuzilmalari samaradorligi ortishi, barcha turdagi transport va piyodalar uchun havfsiz, qulay, samarali harakatlanish muhiti yaratilishi mumkinligi alohida qayd etildi.
Taqdimot so‘nggi loyihani yanada takomillashtirish hamda qisqa muddatlarda uning asosiy taqdimotini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qidirish