Yangiliklar

Image

Belgiya ta`lim kengashi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Belgiya Ta'lim Kengashi (Belgian Educational Council)  Evropa Ittifoqining poytaxti Bryusselda joylashgan bo'lib, uning vazifasi butun dunyo bo'ylab o'qituvchilar faoliyatini modernizatsiya qilish hisoblanadi. 
Kengash universitet oʻqituvchilari uchun masofaviy malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda oʻtkazish bilan shug‘ullanadi.  Amalga oshirilayotgan barcha dasturlar o‘qituvchilar faoliyatini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ular o‘qitishning innovatsion usullarini o‘zlashtirish va amaliyotga tatbiq etish, tez o‘zgaruvchan ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli moslashish uchun kasbiy tafakkurni qayta qurish, o‘qituvchilarning, jumladan, moliya sektoridagi salohiyatini chuqurlashtirish imkonini beradi.


26 iyul kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev institutda Belgiya ta`lim Kengashi direktori Aksana Pozdnyakova hamda vakili Yelena Loktevalarni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikning aniq amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.


Qayd etish lozim bugungi uchrashuv ijodiy tashabbuslar, ilg‘or tajriba almashish va kelgusida uzviy hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilishi shubhasiz. Boisi, hamkorlikda rejalashtirilayotgan loyihalar profssor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, o‘zaro ilmiy loyihalar va tadqiqotlar olib borish, olimlarni ma’ruzalar o‘qish uchun jalb etish, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar ishtirokida institut professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari uchun seminar trening o‘tkazildi.

Qidirish