Andijon mashinasozlik institutining bir guruh o‘qituvchilari hamda Yoshlar oyligi loyihalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan 50 nafar talabalar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Ichki turizmni rivojlantirish, qolaversa yozgi ta'til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida talabalar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari Registon maydoni, Ulug‘bek madrasasi, Shohizinda hamda Islom Karimov yodgorliklarini ziyorat qilishdi.
Sayohat davom etmoqda.