Yangiliklar

Image

Latviyada davlatida bo‘lib o‘tgan Erasmus+ CBHE MechaUZ loyihasi konsorsiumi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi

Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Andijon mashinasozlik instituti, Fargʻona politexnika instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari va mas’ullar ishtirok etdilar.

Tadbirning birinchi kuni Riga texnika universitetida bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida erishilgan natijalarga alohida e'tibor qaratildi, mexatronika va robototexnikani barqaror rivojlantirish kontseptsiyani ishlab chiqildi, shuningdek, loyihaning moliyaviy faoliyatining tahlili berildi. Soha mutaxassislarining mavzuga doir ma’ruzalari tinglanib, o‘zaro fikr almashildi.

Tadbirning ikkinchi kuni Valmiera shahrida bo'lib o'tdi.  Vidzeme amaliy fanlar universiteti vakillari mehmonlarni universitet infratuzilmasi va davom etayotgan loyihalar bilan tanishtirdi. Shuningdek, universitetning o`quv va amaliy laboratoriyalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan keng tanishtirildi. Kunning ikkinchi yarimida Vidzeme biznesida tashkil etilgan inkubatorga tashrif  buyuruldi. Mazkur inkubator yosh avlodning ilmiy faoliyatidagi g`oyalarini  innovatsion amaliyotga aylantirish imkonini beradi.                              

                  
                                                                                                   
 Tadbirning yakuniy kuni Liepaja shahrida bo'lib o'tdi. Bu yerda tadbir ishtirokchilari Liepaja universiteti tuzilishi, uning infratuzilmasi va o'qitish usullari bilan tanishtirildilar. Shu kunning o`zida Latviyaning yirik sanoat korxonalaridan biri - AE Partner korxonasining Tarmoqlar uchun avtomatlashtirish tizimlari bo‘limi bilan yaqindan tanishildi.


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish