Talabalar hayotini aks ettiruvchi jurnal faoliyat boshladi
Respublikamiz miqyosida aynan talabalar auditoriyasiga mo‘ljallangan davriy bosma nashr — “O‘zbekiston talabasi” jurnalining ilk soni chop etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy, ommabop-uslubiy metodik yo‘nalishdagi mazkur jurnal o‘z sahifalarida talabalar hayoti bilan bog‘liq mavzularni kreativ yondashgan holda keng yoritib borishni maqsad qilgan.
Shu bois ushbu jurnalni o‘qishni tavsiya etamiz.
Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasi. Aloqa uchun: +998910777575, +998946870781