Yangiliklar

Image

Yancheng texnologiyalar instituti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Joriy yilning 8-iyul kuni Xitoyning Yancheng texnologiyalar instituti delegatsiyasi institutimizga tashrif buyrudi. Mehmonlarni Umid Turdialiyev boshchiligidagi institut jamoasi kutib oldi. Delegatsiya tarkibida Xalqaro almashinuv va hamkorlik boshqarmasi direktori Liu Ping, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor Chen Zhihua, Xalqaro almashinuv va hamkorlik boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Yan Qiaojing, O‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Zhu Sunjunlar tashrif buyurishdi. 

Dastlab delegatsiya a’zolariga instituti moddiy-texnik bazasi, o‘quv-amaliyot markazi, laboratoriya hamda o‘quv xonalariga ekskursiya tashkil etildi. Shundan so‘ng ikki oliygoh vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Institutimiz rektori tomonidan professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvini tashkil etish hamda, institutda Xitoy tili markazini ochish, Elektrotexnika fakultetini Yancheng texnologiya instituti Muhandislik fakulteti namunasi asosida transformatsiya qilish masalalari taklif qilindi. Taklif yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda ushbu ishlarni qadamma qadam amalga oshirishga kelishib olindi. Muzokaralar yakunida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish