Yangiliklar

Image

Umid Muxtaraliyevich ilg‘or tajribalarni ta’lim muhitimizga moslashtirish maqsadida xizmat safari bilan Germaniyada

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda korxonalar bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Germaniya davlatiga bordi.

Tashrif doirasida institut rektori 26-iyun kuni Glauchau shahridagi Berufsakademie Sachsen oliygohi hamda Bau Building Sachsen professional ta'lim markaziga bordi. Dastlab rektor muassasalardagi ta’lim tizimi, moddiy-texnik bazasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlari va o'quv jarayonlari bilan tanishdi. Shundan so'ng rektorimiz va Berufsakademie Sachsen oliygohi direktor o'rinbosari, professor Nils Frohlich va Avtomobil menejmenti bo'limi boshlig'i Torsten Olischewski hamda Bau Bilding Sachsen professional ta'lim markazi rahbari Michael Wieczorek bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Uchrashuv davomida ta'lim va tadqiqot masalari, hamkorlikda xalqaro loyihalarda ish olib borish, birgalikda ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

 

 

27-iyun kuni Umid Turdialiyev Germaniyaning Bau Bilding Sachsen-Anhalt kasbga tayyorlash va o'qitish bo'yicha markazga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor markaz direktori Koenig Kerstin bilan uchrashib, muassasa ta'lim tizimi haqidagi tajribalarini o'rgandi. Uchrashuvda institutimiz va markaz o'rtasida ta'lim va tadqiqot sohasida hamkorlik qilish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi.

Bau Bilding Sachsen-Anhalt Germaniyadagi eng ilg‘or va muvaffaqiyatli ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, qurilish va arxitektura sohasi texnikalarini ishlab chiqarish va ta'mirlashda malakali ishchi-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Innovatsion dasturlari va amaliy o‘qitish metodikasi ularni sohada yetakchilardan biriga aylantirgan.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish