Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti va “UzAuto Motors” AJ o‘rtasida tizimli kooperatsiya jarayonlari va talabalar amaliyoti monitoringini olib borilmoqda

        Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 27-apreldagi 39-son bayoni qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi nazorat rejasining 21-bandida yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash, jumladan, talabalar amaliyotini samarali tashkil etishda mahalliy hokimliklar hamda hududlardagi ish beruvchi tashkilotlar bilan kooperatsiyani amalga oshirish choralarini koʻrish vazifasi belgilangan.

     Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 23-iyun kuni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.R.Aliyev, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri Sh.Yo‘ldashev, Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri I.Saydaliyev va “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i v.v.b., M.Maribjonovlar “UzAuto Motors” AJga tashrif buyurdilar. Tashrifdan asosiy maqsad tashkil etilgan talabalar amaliyoti monitoringini olib borish, amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishish, amaliyot davrida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va korxona bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash. Dastlab institut jamoasini “UzAuto Motors” AJning O‘quv markaz bo‘limi boshlig‘i Sh.Sobirjonov kutib oldi. Korxonaning umumiy faoliyati, tarixi, kelajak maqsadlari borasida ma’lumotlar taqdim etdi. So‘ngra institutdan yuborilgan 2-3-kurs talabalarining malakaviy va ishlab chiqarish amaliyot joylari prorektor S.Aliyev boshchiligida ko‘zdan kechirildi. Dastlab, “UzAuto Motors” AJning Global xarid bo‘limi, buxgalteriya va rejalashtirish bo‘limidagi talabalar bilan suhbatlashildi, amaliyot haqidagi fikrlari, mavjud muammolar o‘rganildi. So‘ngra bo‘yoqlash sexida amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tashrif yakunida “UzAuto Motors” AJning Xodimlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Uraimov bilan umumiy amaliyot, tizimli kooperatsiya jarayonini amalga oshirish choralari muhokama qilindi. 

 

\



Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish