Yangiliklar

Image

Institutda Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 9-iyun kuni Andijon mashinasozlik instituti “Yoshlar bogida” institutimizda uzoq vatqlar davomida fidokorona ta’lim berib kelayotgan ustozlar hamda yosh professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xodimlar va talabalar kasab uyushmasi, institut Yoshlar ittifoqi Boshlangich tashkiloti bilan hamkorlikda Yoshlar oyligi doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Zulfiya Aripova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Muharamxon Azizova, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti Martabo Dadajonova, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Erkinjon Qo‘ldoshev, UTF kafedrasi dotsenti Xolxo‘ja Sobirov, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti Muhammadjon Xalilovlar hamda Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akmal Ermatov, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Akmal Tangriqulov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi "Boshlang'ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi" boshlig'i F.Karimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaram Xoliqova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ustozlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. Talabalar tomonidan ustozlarga savollar berildi, she’rlar o‘qilib ularning kayfiyatlariga kayfiyat ulashildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish