Yangiliklar

Image

Institut talaba-qizlari o‘rtasida “Siz yangi qonnuni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi

Joriy yilning 7-iyun kuni Andijon mashinasozlik institutida Jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida "Ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida hududlarda tadbirlarni tashkil etish va uni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi 5-bandida belgilangan “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi. Bugungi viktorinada Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Demokratlar” hamda Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti koordinator qizlaridan tashkil topgan “Senatorlar” jamoalari bellashdilar. Ishtirokchilarni hakamlar hay'ati a'zolari Xotin qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi M.Xoliqova, rektor maslahatchisi A.Islomov, Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulovlar baholab borishdi.

Viktorinada ishtirokchilarga 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisidagi savollar berildi. Viktorina yakuniy natijalariga ko‘ra Demokratlar jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi.  


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish