Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti futbol bo'yicha 2-liga musobaqalarida ishtirok etadi

Joriy yilning 1-iyun kuni Andijon viloyati  futbol assotsiatsiyasi rahbari hamda Andijon mashinasozlik instituti talabalari ishtirokida ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish, talabalar o'rtasida 2-liga hamda Talabalar ligasi musobaqalarini o'tkazishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida assotsiatsiya rahbari Begzodbek Karimov yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish bo‘yicha fikrlar bildirib, universitet futbol terma jamoasining kelgusi faoliyatlariga omad tiladi. Shuningdek Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akmaljon Ermatov, institut Talaba sport klubi raisi o‘rinbosari Azamatjon Hayitovlar so‘z olib institutimizda Talaba sport klubi raisi Umid Turdialiyev boshchiligida talabalar o‘rtasida sportni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, sportga qiziquvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalar, talabalar o‘rtasida start berilayotgan futbol bo‘yicha Talabalar ligasi musobaqasi haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida Begzodbek Karimov institut rektoriga institutda futbolni qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyati uchun tashakkurnoma hamda futbol assotsiatsiyasining maxsus sovg‘asi hamda oliygohimiz futbol terma jamoasiga o‘zlarining o‘quv-mashg‘ulotlarida foydalanishlari uchun sport anjomlarini topshirdi.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish