Yangiliklar

Image

Institut “Ilmiy kengashining” 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2023-yil 30-may kuni Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy kengashi” ning navbatdagi, 10-son kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev raislik qildi. Kengash yig‘ilishida:

 Institut Ilmiy Kengashining 2022-yil 30-noyabrdagi 4-sonli yig‘ilish bayonnomasi qarorida belgilangan Ozbekiston Respubliksasi Mehnat Kodeksining  181-modda 1-bandiga hamda institut rektorining 2022-yil 12-dekabrdagi 791-k sonli buyrug’iga asosan professor-o’qituvchilariga qo’llanilgan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasini yechish masalasi to‘g‘risida;

Institut qabul komissiyasining 2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturaga qabul natijalari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

Institut Ilmiy kengashining 2022-yil 1-mart kunidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Texnologik jarayonlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti, uning tasarrufidagi kafedralarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida;

2023-2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti va turli masalalarda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek,
Moydinov Dilyorbek Abidjanovichning «G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish» ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi  tantanali topshirildi. 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish