Yangiliklar

Image

TTJ lar o‘rtasidagi Rektor kubogi uchun minifutbol musobaqasi finalchilari aniqlandi

Xabaringiz bor institutimiz talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha musobaqaning yarim final bahslari yakuniga yetkazildi. O‘yinlar natijalariga ko‘ra 3-TTJning  "Manchester Yunayted" jamoasi hamda 2-TTJ ning "Nasaf" jamoalari final bellashuviga yo‘llanmagan ega bo‘ldilar.

3-o‘rin hamda final bahslari 29-may kuni soat 17:00 da Avtomobilsozlik fakulteti maydonida o‘tkaziladi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish