Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi”ning “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo'lib o'tdi

Joriy yilning 20-may kuni institut “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi”ning “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tdi. Yoshlarda korrupsiyaga murosasizlik hissini shakllantirish institut rejasiga asosan o‘tkazilgan ushbu anjumanda  
-  klub a’zolarining o‘tgan davr sarhisobi; 
-  institutda soha bo‘yicha olib borilgan ishlar daydjesti;
-  2022 yilning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmalar  reytingi natijalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alarni topshirish marosimi;
-  “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan insholar ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarning taqdirlash marosimi;
-  klub a’zolari hamda institut raxbarlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Institutimizda korrupsiya bormi?” mavzusida Battl(baxs-munozara”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar dasturida institut raxbariyatidan tashqari mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Andijon viloyat boshqarmasi Tezkor bo‘lim katta inspektori Umarjon Mamajonov, Andijon shahar Ichki Ishlar faoliyatini muvoqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shoxruxbek Mirzajonov hamda Andijon shahar Ichki Ishlar Organlarini Faoliyatini Muovfiqlashtirish Boshqarmasi 4-son ichki ishlar bo‘limi Jamoat Xavfsizligi Xizmati Huquqbuzarliklar profilaktika katta inspektori mayor Izzatillo Qaxxorovlar ishtirok etishdi.


Andijon Mashinasozlik Instituti

Axborot xizmati

Qidirish