Yangiliklar

Image

Umid Turdialiyev Yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich tashkiloti kengashi a'zolari bilan uchrashdi

Joriy yilning 23-may kuni institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Ilhomjon Kabulov va kengashi a'zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida rektor ushbu mas’uliyatli vazifaga munosib ko‘rilgan talabalarni qutladi. Mamlakatimizda yoshlar masalalasiga prezident darajasida e’tibor berilayotgani, ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari  bo‘yicha institut rahbariyatiga yelkadosh bo‘lishlari kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek har bir yo‘nalish yetakchisiga yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda rektor tomonidan maslahatlar berildi. 

Uchrashuv davomida Umid Turdialiyev tomonidan Yetakchilar faoliyatini samarali tashkil etish uchun ularning har biriga institut tomonidan planshetlar taqdim etilishi aytib o‘tildi. Tashkilot faoliyati yuzasidan koordinatorlarning takliflari tinglandi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish