Bugun, 23-may kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ishtirokida instituti Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘li o‘tdi. Yig‘ilishda Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari va ayol ishchi-xodimlar, talaba qizlar ishtirok etishdi. Dastlab institut rektori yig‘ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ayollarning jamiyatimizdagi beqiyos o‘rni haqidagi fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ra’noxon Yusupovaning shu kungacha amalga oshirilgan faoliyati bo‘yicha xisoboti tinglandi.
Xisobotdan so‘ng yig‘ilishning asosiy mavzusi institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisini saylash bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi hamda bir ovozdan institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Xoliqova Muhtaram Nabiyevna nomzodi ma’qullandi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati