Joriy yilning 23-may kuni Andijon mashinasozlik institutida Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda "Karyera kuni" munosabati bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi. Institutda tahsil olayotgan talabalarni, ayniqsa, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni jamiyatda munosib o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan bugungi yarmarka ham talabalar uchun foydali tarzda o‘tdi
Tadbirni Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Xalilov mamlakatimizda bandlikni ta’minlash, yoshlarni kasblarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng tadbirda Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akmaljon Ermatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Andijon filiali bosh inspektori Sardor Ismoilov Artel kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Holida Quvondiqova, UzAvtokomponents xodimlarni tanlash bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqib talabalarga o‘z maslahatlarini berdilar
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida Artel, “UzAutoSanoat” AJ tarkibidagi barcha korxonalar hamda viloyatimizdagi yirik muassasa va tashkilotlar, banklar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati