Talabalarni ish bilan ta'minlash har doim oliygohlar oldida muhim vazifalardan biri sifatida turadi. Ushbu hafta davomida institut rektorining bitiruvchi talabalarning ishga joylashish holati, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-may kuni Iqtisodiyot va Avtomobilsozlik fakultetlari bitiruvchi talabalari uchun "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv an'anaviy tarzda ochiq muloqot tarzida o'tdi. Dastlab Umid Turdialiyev talabalarning kelajakdagi rejalari, ishga joylashish masalalari, bitiruv malakaviy ishlari borasida suhbatlashib, ularga o'z tavsiyalarini berdi. Shundan so'ng talabalarni qiynayotgan muammolar hamda murojaatlar tinglanib, ularga javoblar berildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati