Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida maktab bitiruvchilari fan olimpiadasi o‘tkazildi

Joriy yilning 10-may kuni Andijon mashinasozlik institutida “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori asosida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limga saralab olish maqsadida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" fani bo‘yicha fan olimpiadasining viloyat bosqichi boʻlib o‘tdi.

Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi. Dastlab o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlarni test orqali sinaldi. Test sinovlarida 70 balldan yuqori to‘plagan talabgorlar yozma ish bosqichida ishtirok etdi. Shuningdek o‘quvchi yoshlarning bilimlarini aniqroq bilish uchun, yozma ish bo‘yicha qisqa savol-javob jarayonlari o‘tkazildi.

Olimpiadani shaffof hamda adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubi a’zolari ishtirok etishdi. 

Fan olimpiadasi yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin - Jalaquduq tumani 17-DIMI 11-sinf o‘quvchisi Yunusov Muxammadali G‘ayratjon o‘g‘li;
2-o‘rin - Baliqchi tumani 15-maktab 11-sinf o‘quvchisi Tursunov Xusanboy Anafiya  o‘g‘li;
3-o‘rin - Asaka tumani 8-maktab 11-sinf o‘quvchisi Abduvaliyev Dilyorbek Elyorbek o‘g‘li.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish