Yangiliklar

Image

Andijonda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

"9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan shaxrimiz markazidagi Xotira maydonida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, ichki ishlar organlari hodimlari va turli soha vakillari tomonidan Vatan uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimizning porloq xotirasiga hurmat bajo keltirilib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyildi.

Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev boshchiligidagi institut jamoasi ham faol ishtirok etdilar.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish