Andijon mashinasozlik institutiga joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari tashrif buyurdi.
Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan "O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarini yagona elektron bazasi", "Milliy ilmiy portal" va "Ilmiy-texnik axborot tizimi" kabi elektron platformalar ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilan bo'lib, ushbu platformalar asosan ilmiy izlanish olib boruvchi, oliy ta’lim tizimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yurituvchilar uchun mo‘ljallangan. Markaz xodimlari hozirda olib borayotgan faoliyatlari to'g'risida ma'lumot berdi hamda Andijon mashinasozlik instituti ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati