Yangiliklar

Image

UzAutoMotors AJ vakillari hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida ishga joylashtirish va stajirovkaga yuborish maqsadida suhbat tashkil qilindi

UzAutoMotors AJ vakillari hamda bitiruvchi talabalar ishtirokida ishga joylashtirish va stajirovkaga yuborish maqsadida suhbat tashkil qilindi.

Andijon mashinasozlik institutining 2021-2022 oquv yili bitiruvchilarini pullik amaliyot (stajirovka) hamda ishga joylashga ko‘maklashish maqsadida 2022-yil 27-iyun kuni institutning katta majlislar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda institut Marketing va talabalar amaliyoti bolimi xodimlari, “UzAuto Motors” AJ xodimlari Ramazonov Azizbek Rashid ogli muhandislik mahsulotlari boshqarmasi yangi loyihalarni boshqarish bolimi boshligi, M.Raxmatjonov Gost enjinering bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi, D.Mirzajonov xodimlarni boshqaruv direksiyasi xodimlarni rivojlantirish boyicha muhandis hamda 85 nafardan yaqin bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar. 

UzAutoMotors AJ yangi loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Ramazonov oliy talim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z mutaxassisligi boyicha kasbga yonaltirish boyicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi togrisida tushunchalar berdi. Talabalar ozlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar, tegishlicha javoblarni oldilar. Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalarini pullik amaliyot (stajirovka)ga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 45 nafar ortiq bitiruvchidan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

Qidirish