Xabaringiz bor Andijon mashinasozlik instituti hamda Turkiyaning Karabuk universiteti bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Bugun, 6-may kuni ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Karabuk universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Izzet Achar va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Mustafa Yashar institutimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori Umid Turdialiyev boshchiligida institut raxbariyati kutib oldi. Dastlab, Avtomobilsozlik fakulteti majlislar zalida ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng, institut bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib laboratoriya xonalari, talabalarga yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati