Andijon Mashinasozlik instituti tasarrufidavgi Akademik lisey ma’muriyati, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi va Andijon shahridagi harbiy qism vakillari bilan hamkorlikda 2023-yil 5-may kuni akademik liseyda "Shunqorlar" xarbiy-sport tadbiri o‘tkazildi. Musobaqalarda akademik liseyning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quvchi-yoshlar klubi a’zolaridan tashkil topgan jamoa ham ishtirok etdi. Tadbirni institut o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor S.Aliyev ochib berdi. Harbiy-sport turlari bo‘yicha bellashuvlari saf ko‘rigi, jamoaning safda yurishi, turnikda tortilish, 100 metrga yugurish, merganlik, sport granatasi uloqtirish, arqon tortish va tibbiy tayyorgarlik kabi shartlar asosida o‘tkazildi.
Musobaqalarda 6 ta jamoa ishtirok etib, unda jamoalar o‘zlarining xarbiy liboslari, jangovor bayroqlari, vimpellari va jangovor varaqalari bilan qatnashdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni “Arslonlar”, 2-o‘rinni “Temuriylar” va 3-o‘rinni “Lochinlar” jamoasi qo‘lga kiritdilar. Gʻolib va sovrindorlarga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musobaqaning asosiy maqsadlari yoshlarni ma’naviy-axloqiy va harbiy -vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakat suverenitetini, mustaqilligi va qonunlarini himoya qila bilish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish va ushbu illatga yoshlarda immunitetni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Andijon Mashinasozlik Instituti
Axborot xizmati