2023-yil 1-may kuni Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy kengashi” ning navbatdagi, 9-son kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga kengash raisi o‘rinbosari Qiyomiddin Muftaydinov raislik qildi. Kengash yig‘ilishida:
Institut Xotin-qizlar masalalari bо‘yich maslahat Kengashi tomonidan olib borilgan ishlarning 2022/2023 о‘quv yil bо‘yicha hisoboti tо‘g‘risida;
Doktorant, stajyor tadqiqotchi va mustaqil tadqiqotchilarning 2023-yil birinchi chorak bо‘yicha hisobot natijalari tо‘g‘risida;
Professor-о‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan о‘quv adabiyotlarga nashr ruxsatnomalari (Grif) berish haqida kabi asosiy va turli masalalarda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, To‘xtaboyev Abdurashid Tursunovichga “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha proefssorlik attestati, Jo‘raxonov Muzaffar Eskandarovichga “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik attestati tantanali topshirildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati