Yangiliklar

Image

O'sh texnologiyalar universiteti bilan akamdemik almashinuv davom etmoqda

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti hamda O’sh texnologiyalar universiteti o’rtasida izmolangan memorandum doirasida professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi maqsadida universitet delegatsiyasi institutimizga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmonlar uchun institut bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari va jihozlari tanishtirildi. Shundan so’ng professor-o’qituvchilar o’z yo’nalishlari bo’yicha institutimiz talabalariga dars o’tishdi hamda universitet talabalari ham o’z yo’nalishlari bo’yicha dars jarayonlarida ishtirok etishdi.


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish